date

Turkiya prezidenti Dombra kuyi bilan tantanali kutib olindi (video)

Turkiya prezidenti Dombra kuyi bilan tantanali kutib olindi (video)

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni rasmiy tashrif bilan qabul qilish marosimida noyob va milliy ruhdagi an’anaga aylangan kuy — nog‘ay xalqiga xos mashhur “Dombra” asari sadolari bilan kutib oldi.

Bu haqda TRT Haber nashri xabar berdi.

Marosim Ostana shahrida tashkil etilgan bo‘lib, u ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Mehmon sharafiga ijro etilgan dombra kuyi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Ma’lum qilinishicha, bu kabi milliy musiqa orqali kutib olish an’anasi turkiy xalqlar o‘rtasidagi tarixiy va madaniy yaqinlikni ifodalashga xizmat qiladi. Ayniqsa, nog‘ay kuylari qadimdan qardosh xalqlar madaniyatida muhim o‘rin egallab kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti Dombra kuyi bilan tantanali kutib olindi (video)