date

Marsel bosh murabbiylik uchun Konsesau variantini ko'rib chiqmoqda

Marsel bosh murabbiylik uchun Konsesau variantini ko'rib chiqmoqda

«Marsel» Roberto de Dzerbi bilan xayrlashgach, bosh murabbiylik bo'yicha yangi nomzod izlash ishlarini jadallashtirdi. Jurnalist Sebastyan Deni xabariga ko'ra, fransuz klubi ro'yxatidagi asosiy variantlardan biri — «Al-Ittihod»ni boshqarayotgan Serjiu Konsesau. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan. Shunga qaramay, «Marsel» rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni anchadan beri kuzatib keladi va uni 2024 yilda ham jamoaga olib kelishni istagan.

Ta'kidlanishicha, Konsesauning «Al-Ittihod» bilan shartnomasida 4,5 mln yevrolik tovon puli (kompensatsiya) bandi ko'zda tutilgan.

Fransiya chempionatining 21-turidan so'ng «Marsel» 39 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marsel bosh murabbiylik uchun Konsesau variantini ko'rib chiqmoqda