date

Celsius sobiq rahbari firibgarlik ishi bo‘yicha ozodlikka chiqdi

Celsius sobiq rahbari firibgarlik ishi bo‘yicha ozodlikka chiqdi

AQSh federal sudi kriptovalyuta kreditlash platformasi Celsius’ning sobiq tijorat direktori Roni Koen-Pavonni firibgarlik va til biriktirish ayblovlari bo‘yicha hukm qildi. Sudya Jon Koeltl ayblanuvchiga nisbatan o‘talgan muddatni jazo sifatida belgiladi va uni bir yillik nazorat ostidagi ozodlikka chiqardi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Koen-Pavon 2022-yilda Celsius platformasi qulagach, CEL tokeni narxini sun’iy ravishda manipulyatsiya qilishda ayblangan edi. Dastlab aybini tan olmagan sobiq direktor, keyinchalik aybiga iqror bo‘ldi. U tergov davomida 500 ming dollar garov evaziga ozodlikda bo‘lgan.

Ushbu ish doirasida kompaniya asoschisi Aleks Mashinskiy ham aybdor deb topilib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Mashinskiy 48 million dollar, Koen-Pavon esa 1 million dollardan ortiq jarima va 40 ming dollar miqdorida to‘lov to‘lashi belgilandi.

Sud jarayonida Koen-Pavon o‘z qilmishidan pushaymonligini bildirib, kelgusida oilasi oldidagi burchini oqlashga va’da berdi. Ushbu hukm bilan Celsius atrofidagi asosiy jinoiy ishlar yakuniga yetmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Celsius sobiq rahbari firibgarlik ishi bo‘yicha ozodlikka chiqdi