Lovable apparat taʼminotini yaratishda “vibe coding”dan foydalanmoqchi

1 daqiqa o'qish184
Lovable apparat taʼminotini yaratishda “vibe coding”dan foydalanmoqchi

Sunʼiy intellekt asosida ishlovchi ilovalarni yaratish platformasi Lovable Daniyaning Atech nomli apparat taʼminoti (hardware) startapiga sarmoya kiritdi. Ushbu kompaniya apparat vositalarini loyihalash jarayoniga “vibe coding” yondashuvini olib kirishni maqsad qilgan. Lovable 800 ming dollarlik pre-seed bosqichidagi moliyalashtirish raundida ishtirok etdi, unda shuningdek a16z, Sequoia Scout Fund va Nordic Makers kabi nufuzli jamgʻarmalar ham qatnashdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Atech mijozlar tajribasi boʻyicha rahbari Gustav Hugodning tushuntirishicha, platforma ishlash prinsipi juda oddiy. Foydalanuvchilar kompaniya saytidan kerakli apparat toʻplamini xarid qilishadi. Shundan soʻng, brauzerda maxsus oynani ochib, sunʼiy intellekt chatbotiga oʻz gʻoyalarini tasvirlab berishadi. AI vositasi darhol kod generatsiya qilib, ishchi prototipni yaratishga yordam beradi.

Hugodning taʼkidlashicha, kompaniya foydalanuvchilari doirasi juda keng: “Bizda toʻrt yoshli bolalardan tortib, vodorod sintezi zavodlari uchun aniq kuchlanish datchiklarini talab qiladigan mutaxassislargacha boʻlgan mijozlar bor”. Ilgari apparat prototipini yaratish uchun oʻn yillik tajriba yoki qimmatbaho muhandislar xizmati talab etilardi, ammo endilikda bu jarayon sezilarli darajada osonlashmoqda.

“Dasturiy taʼminot sohasidagi qulayliklar ortgani kabi, apparat taʼminotini yaratishdagi qiyinchiliklar ham barham topmoqda. Demokratik dunyoda apparat vositalari barcha uchun ochiq boʻlishi kerak”, — deydi Gustav Hugod. Kompaniya jalb qilingan yangi mablagʻlarni tadqiqot va ishlanmalar (R&D), marketing hamda yangi xodimlarni yollashga sarflashni rejalashtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?