date

Buffon Pio Espozitoni Italiya futbolining kelajagi deb bildi

Buffon Pio Espozitoni Italiya futbolining kelajagi deb bildi

Italiya terma jamoasi va "Yuventus"ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi paytdagi eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu — "Inter" safida to'p surayotgan Pio Espozito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Buffon yosh hujumchining yaqin vaqt ichida, xususan, jahon chempionatidayoq o'zini yorqin ko'rsatishiga umid qilmoqda.

"Men Espozitoni shaxsan kuzatdim va u menda juda katta taassurot qoldirdi. U kamtar va professional, motivatsiyaga boy, doimo ishtiyoq bilan harakat qiladi. Men uni Italiya terma jamoasining jahon chempionati tarkibiga hech ikkilanmasdan olgan bo'lardim", — deya Buffonning so'zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, "Inter" hozirda A Seriya turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buffon Pio Espozitoni Italiya futbolining kelajagi deb bildi