Dartmouth universiteti jamgʻarmasi Solana ETF ga investitsiya kiritdi

Ivy League tarkibiga kiruvchi Dartmouth universiteti oʻzining 9 milliard dollarlik jamgʻarmasi portfelini kriptoaktivlar hisobiga kengaytirdi. AQSH Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etilgan hisobotga koʻra, universitet Bitwise Solana staking ETF fondiga 3,3 million dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Shuningdek, jamgʻarma portfelida Grayscale Ethereum staking ETF fondidan 3,5 million dollarlik va BlackRock kompaniyasining iShares Bitcoin ETF fondidan 7,7 million dollarlik ulushlar mavjud. Bu investitsiyalar universitetning raqamli aktivlar bozoridagi ishtirokini yanada mustahkamladi.
Avvalroq, Harvard universiteti ham oʻz jamgʻarmasi orqali BlackRock kompaniyasining Bitcoin va Ethereum trastlariga sarmoya kiritganini maʼlum qilgan edi. Bu kabi yirik taʼlim muassasalarining kriptoaktivlarga qiziqishi institutsional investorlar orasida raqamli valyutalarga boʻlgan ishonch ortib borayotganini koʻrsatadi.
Ayni paytda Bitcoin narxi 81 237 dollar atrofida tebranmoqda va soʻnggi 24 soat ichida 2 foizga oʻsish kuzatildi. Garchi bozor volatilligi saqlanib qolsa-da, yirik fondlarning ETF mahsulotlariga boʻlgan talabi kripto bozorining kelajagi uchun muhim omil boʻlib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!