Al Nasr murabbiyi Ronalduning tanaffus olishini tasdiqladi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq eng yaqin uchrashuvda u yana tarkibda bo‘lmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim bahs turganini ham alohida ta’kidladi.
Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqaridagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi yangilik emasligini eslatib o‘tdi: bu avval ham bir necha bor kuzatilgan holat.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!