Buf fon Pio Espozitoni Italiya futbolining kelajagi deb atadi

Turinning “Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi paytda eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu — “Inter” hujumchisi Pio Espozito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buffon Espozitoni shaxsan kuzatganini ta’kidlab, uning o‘yini katta taassurot qoldirganini bildirdi. “U kamtar, professional, juda motivatsiyali va maydonda ishtiyoqini yaqqol ko‘rsatadi. Men uni jahon chempionati uchun Italiya terma jamoasi tarkibiga hech ikkilanmasdan olgan bo‘lardim”, — deya Buffon so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Milanning “Inter” klubi A Seriya turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing