Xiaomi Mijia Wireless Vacuum Cleaner 4: aqlli va arzon changyutgich

Xiaomi kompaniyasi Xitoy bozorida yangi Mijia Wireless Vacuum Cleaner 4 simsiz changyutgichini taqdim etdi. Qurilma nafaqat yuqori quvvati, balki ifloslanishni avtomatik aniqlash tizimi bilan ham ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Changyutgich daqiqasiga 120 000 aylanish tezligiga ega cho‘tkasiz motor va 230 AW so‘rish quvvati bilan jihozlangan. Bu uy hayvonlari juni, mayda chang va boshqa uy axlatlarini samarali tozalash imkonini beradi.
Yangi modelning asosiy xususiyati — 180 gradusli ko‘k rangli yoritish tizimi. U qorong‘u yoki borish qiyin bo‘lgan joylarda 30 santimetrgacha masofadagi changni aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, infraqizil datchik ifloslanish darajasini real vaqt rejimida tahlil qilib, so‘rish quvvatini avtomatik tarzda moslashtiradi.
Qurilma soch o‘ralib qolishiga qarshi himoya, besh bosqichli filtrlash tizimi va 99,99 foiz samaradorlikka ega HEPA H13 filtri bilan ta’minlangan. 2600 mA/soat sig‘imli akkumulyator tejamkor rejimda 90 daqiqagacha uzluksiz ishlash imkonini beradi.
Xitoy bozorida ushbu changyutgichning narxi 898 yuan (taxminan 130 dollar) etib belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!