date

Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda dam oldiradi

Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada yana jamoaga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, murabbiylar shtabi tig'iz taqvim fonida Ronalduni va asosiy tarkibning yana bir nechta futbolchilarini asrashga qaror qilgan. Sababi esa oldinda Saudiya chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi muhim bahs turibdi.

«Ronalduga dam berish — yangilik emas. Bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda uning maydonga tushmay qolishi bilan bog'liq ilk holat emas», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o'yini shanba kuni, 14-fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda dam oldiradi