Jezush Ronalduga dam berdi va tarkibni rotatsiya qildi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin kunlarda maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvda u yana tarkibdan joy olmaydi.
Murabbiyga ko‘ra, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishni ma’qul ko‘rgan. Jezush oldinda Saudiya chempionatida "Al-Fateh"ga qarshi muhim o‘yin borligini ta’kidladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda aytilishicha, Ronalduga bunday dam berish holati yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan ayrim uchrashuvlarda avval ham maydonga tushmagan.
Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" – "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!