Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuv oldidan dam oldirmoqda

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi qisqa fursatda yana safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o‘yinda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.
Jezushning aytishicha, tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv turganini ta’kidladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush: Ronalduga dam berilishi yangilik emas, u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarning barchasida ham doim maydonga tushavermasligini eslatib o‘tgan.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!