date

Al Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu bahsda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, jamoaning tig‘iz taqvimi sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir necha futbolchiga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv borligini alohida urg‘uladi.

«Al Nassr Zone» keltirgan iqtibosga ko‘ra, Jezush Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ham qo‘shimcha qilgan: bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda ilk bor chetda qolishi emas.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi