FIFA Atletikka 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi

Bilbao "Atletik" klubi yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq oldi. The Touchline xabariga ko'ra, FIFA basklar jamoasiga yaqin uchta transfer oynasi davomida yangi o'yinchi rasmiylashtirishni man qildi — taqiq 2028 yil yanvarigacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qaror klub tomonidan me'yoriy talablar bir necha bor buzilgani sabab qabul qilingani aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Atletik" transfer bozorida 20 mln yevrodan ortiq mablag' sarflab, "Al-Nasr"dan Emerik Laportni, "Osasuna"dan esa Xesus Aresoni o'z safiga qo'shib olgandi. Klub siyosatiga ko'ra, jamoa safida faqat bask ildizlariga ega futbolchilar to'p surishi mumkin.
Hozirgi La Liga mavsumida "Atletik" 23 turdan so'ng 28 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!