Naumov Mourinyuga Saudiya chempionatini mos deb bildi

«Lokomotiv»ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan yo'nalish haqida fikr bildirdi. U bu borada «Yevro-Futbol.Ru»ga bergan intervyusida o'z qarashlarini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta'kidlashicha, portugaliyalik mutaxassisning eng kuchli davri ortda qolgan va unga futbol tendensiyalariga moslashish uchun tanaffus kerak. Ekspert Mourinyu ilgari sirli va noodatiy qarorlari bilan ajralib turgan bo'lsa, hozirda odatiyroq ko'rinishga kirib qolganini qayd etdi.
Shu sabab u Mourinyu uchun Saudiya Arabistoni chempionati ayni muddao bo'lishini aytdi: u yerda maoshlar yuqori, shov-shuvlar ko'p va yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati bor. Naumovning fikricha, aynan shu muhit Mourinyuga mos keladi.
Eslatib o'tamiz, Mourinyu boshqaruvidagi «Benfika» Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning «Real» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!