date

Jezush Ronalduga dam berdi va u o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Jezush Ronalduga dam berdi va u o‘yinni o‘tkazib yuboradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini tushuntirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu bahsda ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy buni oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin borligi bilan izohladi.

Mutaxassis Ronalduning bunday “rotatsiya”si yangilik emasligini ham qo‘shimcha qildi: uning so‘zlariga ko‘ra, Krishtianu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni avval ham bir necha bor o‘tkazib yuborgan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va u o‘yinni o‘tkazib yuboradi