date

Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa izoh berdi

Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi klubi bilan bog‘liq vaziyati yuzasidan fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan «Antalyaspor»dagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u hammasi yaxshi ekanini aytdi. Shuningdek, u Turkiyadagi sharoitlardan mamnunligini tabassum bilan tasdiqladi.

Jikiya o‘tgan yozda «Antalyaspor» safiga qo‘shilgandi. Shu vaqtgacha u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa izoh berdi