date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam berdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada yana safga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, aynan shu o‘yinda u tarkibda bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilingan. Murabbiy bu qarorni navbatdagi muhim bellashuv — «Al-Fateh»ga qarshi o‘yin oldidan qabul qilinganini ta’kidladi.

Shuningdek, u Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni vaqti-vaqti bilan o‘tkazib yuborishi yangilik emasligini eslatib o‘tdi.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam berdi