date

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega jamoaning navbatdagi uchrashuvida maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, ushbu o‘yinda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buni oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bilan izohladi.

Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda vaqti-vaqti bilan qatnashmasligi yangilik emasligini ta’kidladi. «Al Nassr Zone» murabbiyning so‘zlarini keltirdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi