Jikiya Antalyasporni tark etishi mumkin, agent sababini aytdi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning so‘zlariga ko‘ra, Jikiya Turkiyadagi hayotdan umuman olganda mamnun, biroq klubda maoshlar kechiktirilayotgani uni norozi qilgan. Shu sabab u Rossiya Premyer-ligasi jamoalaridan tushayotgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Arutyunov ta’kidlashicha, maoshdagi kechikishlar noyabr oyidan beri davom etmoqda.
32 yoshli himoyachi o‘tgan yozda Antalyaspor safiga qo‘shilgandi. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing