Jezush Ronalduga dam berdi u yaqin o'yinda qatnashmaydi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, aynan shu bahsda u yana tarkibda bo'lmaydi.
Jezushning aytishicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilingan. Murabbiy bu qarorni shanba kuni bo'ladigan «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin oldidan qabul qilinganini ta'kidladi.
Shuningdek, u Ronaldu safardan tashqaridagi o'yinlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini, bunday holat Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor kuzatilganini qo'shimcha qildi. Jezushning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!