date

Al-Hilol Nunesni ro'yxatdan chiqardi, Benzema kiritildi

Al-Hilol Nunesni ro'yxatdan chiqardi, Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Saudiya Arabistoni chempionatida maydonga tusha olmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy liga uchun arizadan chiqarib, klubga yaqinda qo'shilgan Karim Benzemaga joy bo'shatdi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun jamoa ro'yxatida qoldirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan beri Urugvay milliy jamoasiga jalb etib kelinmoqda va hozirgacha terma safida 13 ta gol urgan. Futbolchi 2022 yil Qatarda o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Nunesni ro'yxatdan chiqardi, Benzema kiritildi