date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham tarkibdan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin turganini alohida ta'kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduga dam berish odatiy hol ekanini ham qo'shimcha qilgan: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan bahslarda birinchi marta emas, yana o'ynamayapti.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi