date

Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Nasr»ning ketma-ket ikki o'yinini o'tkazib yuborgandi. Biroq endi u maydonga qaytishni tanladi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, Ronaldu shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi bahsda o'ynashga tayyor. Hujumchi jamoa bilan birga uchrashuv bo'lib o'tadigan El-Hasaga ham yetib borgan.

O'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda «Al-Nasr» Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi