Krishtianu Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga tushadi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda jamoasiga yordam beradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi so'nggi ikki bahsda maydonga tushmagandi, biroq endi yakuniy qaror qabul qilib, safga qaytmoqda. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, portugaliyalik yulduz shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda ishtirok etishga tayyor. Hujumchi jamoa bilan birga uchrashuv bo'lib o'tadigan El-Hasaga yetib borgan.
O'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda «Al-Nasr» Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing