date

Martynovich Arsenal futbolchisi bilan kulgili suhbatni esladi

Martynovich Arsenal futbolchisi bilan kulgili suhbatni esladi

«Kairat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi so‘nggi uchrashuvdan keyin «Arsenal» futbolchisi Kay Haverts bilan bo‘lib o‘tgan qiziq muloqot haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, londonlik hujumchiga Martynovichning chehrasi juda tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning so‘zlariga ko‘ra, Haverts: «Nega bilmadim, yuzing menga juda tanish», degan. Aleksandr esa bunga javoban avvalroq ular «Bayer»ga qarshi o‘yinlarda to‘qnash kelganini, keyinroq esa Haverts «Chelsi» safida yurgan paytda ham bir necha bor maydonda ro‘baro‘ kelishganini eslatgan.

Shuningdek, Martynovich o‘z kolleksiyasida Havertsning o‘yin futbolkasi borligini ham ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Aleksandr avval Rossiya chempionatida ham to‘p surib, «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» jamoalarida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» va «Kairat» yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida uchrashgan. London klubi o‘z maydonida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Arsenal futbolchisi bilan kulgili suhbatni esladi