Ancheloti 41 yoshli Silvaning Braziliya terma jamoasiga qaytishiga shama qildi

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Ancheloti tajribali himoyachi Tiago Silvaning Braziliya milliy terma jamoasiga qaytishi borasidagi savollarga javob berdi. Italiyalik mutaxassis faxriy futbolchining navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatlarini yuqori baholadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirda 41 yoshni qarshi olgan markaziy himoyachi hali ham yuqori saviyada o'yin ko'rsatishga qodir. Ancheloti futbolchining pasportidagi raqamlar uning maydondagi harakatlariga ta'sir qilmasligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Murabbiyning fikricha, Tiago Silvaning boy tajribasi va professional sifati har qanday yosh cheklovlaridan ustun turadi. Bu esa faxriy himoyachining «pentakampeonlar» safida yana bir bor yirik turnirda qatnashishi uchun eshiklarni ochishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!