Maykl Ouen Vinisiusni sotib olishga qurbi yetadigan klublarni aytdi

«Real Madrid» hujumchisi Vinisius Juniorning kelajagi borasidagi muhokamalar davom etmoqda. Sobiq futbolchi Maykl Ouenning fikricha, braziliyalik yulduz shunchalik yuqori darajaga chiqqanki, uni sotib olishga dunyoda sanoqli klublarninggina kuchi yetadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirda Vinisiusning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027-yilning yozigacha amal qiladi. Tomonlar o'rtasida kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

Futbolchining o'zi ham «qirollik klubi» safida uzoq vaqt qolish istagini bildirgan.
Ouenning ta'kidlashicha, Vinisiusning transfer narxi bugungi kunda kamida 200 million yevroni tashkil etadi. Bunday mablag'ni faqat ikki-uchta jamoa to'lay olishi mumkin.

«Barselona»da bunday imkoniyat yo'q, qolgan klublar esa bunday darajadagi o'yinchini tarkibga qo'shib olishga tayyor emas.
Saudiya Arabistoni klublari Vinisius uchun 1 milliard yevrolik taklif tayyorlayotgani haqidagi xabarlarga qaramay, ekspert bu transferga ishonmayapti. Uning so'zlariga ko'ra, «Real Madrid» o'zining yosh va iqtidorli yetakchilarini qo'yib yubormaydi.
Vinisius Junior oxirgi to'rt mavsum davomida barqaror o'yin ko'rsatib, har yili 20 tadan ortiq gol urishga erishmoqda. U 2024-yilda «Oltin to'p» uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lgan edi va kelajakda ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun yana imkoniyatga ega bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!