date

«Marsel» Nvanerini o'ynatmagani uchun «Arsenal»ga qo'shimcha pul to'laydi

«Marsel» Nvanerini o'ynatmagani uchun «Arsenal»ga qo'shimcha pul to'laydi

«Arsenal» klubi yarim himoyachi Itan Nvanerining «Marsel»dagi ijarasi bo'yicha qo'shimcha mablag' oladigan bo'ldi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, futbolchi maydonda qancha kam vaqt o'tkazsa, Fransiya klubi shuncha ko'p ijara haqi to'lashi belgilangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Yanvar oyida «Marsel» safiga qo'shilgan 18 yoshli iqtidor egasi asosiy tarkibdan joy ola bilmadi. «L’Equipe» nashrining xabar berishicha, ijara summasi futbolchining ishtirokiga teskari bog'liq bo'lib, uning zaxirada qolishi fransuzlar uchun moliyaviy yo'qotishga olib kelmoqda.


Nvaneri yangi jamoasida debyut o'yinida gol urgan bo'lsa-da, murabbiy almashinuvi uning holatiga salbiy ta'sir qildi. Roberto De Zerbi ketganidan so'ng jamoani boshqarayotgan Xabib Beye yosh futbolchining shijoati va maydondagi harakatlaridan norozi ekanini yashirmayapti.

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ham akademiyadan chiqqan futbolchilarga imtiyoz berilmasligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, har bir o'yinchi o'z o'rnini yillar davomida yuqori darajadagi barqaror o'yin bilan isbotlashi shart.


London klubi yozgi transfer oynasida Nvaneri va Mayls Lyuis-Skellini sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin. Ikki yosh iqtidorning umumiy qiymati 100 million funt sterlingga baholanmoqda va ularga «Borussiya Dortmund» qiziqish bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Marsel» Nvanerini o'ynatmagani uchun «Arsenal»ga qo'shimcha pul to'laydi