date

Ronaldu maydonga qaytib gol urdi va post qoldirdi

Ronaldu maydonga qaytib gol urdi va post qoldirdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tanaffusdan keyin maydonga qaytganini gol bilan nishonladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki o‘yinda ishtirok etmagan edi, biroq qaytishi bilan darhol o‘z so‘zini aytdi: «Al-Fateh» darvozasini 18-daqiqada ishg‘ol qildi. Uchrashuv «Al-Nasr»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin tugaganidan ko‘p o‘tmay, 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda: «Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak», — deya yozdi.

Ar-Riyod klubi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu maydonga qaytib gol urdi va post qoldirdi