Martynovich «Arsenal» o‘yinchisi bilan kulgili suhbatni esladi

«Kairat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi so‘nggi bahsdan keyin «Arsenal» futbolchisi Kayo Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqotini hikoya qildi. Uning aytishicha, londolik futbolchiga Martynovichning chehrasi tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«U mendan: “Negadir yuzing juda tanish” dedi. Men esa avvalroq “Bayer”ni biroz qiynaganimiz, ularni o‘tganimizni eslatdim. Keyin u “Chelsi”da o‘ynagan paytida ham biz ularga qarshi maydonga tushganmiz, shuning uchun bir necha marta uchrashgan bo‘lishimiz mumkin”, — dedi Martynovich.
Martynovich o‘z kolleksiyasida Havertsning o‘yin futbolkasi ham borligini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, Aleksandr avvalroq Rossiyada «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» safida ham to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Kairat» yanvar oxirida Chempionlar ligasining umumiy bosqich so‘nggi turida to‘qnash kelgandi. Londonda o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!