Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam beradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safargi ro'yxatda uning nomi yana bo'lmaydi.
«Jadval juda tig'iz. Shu sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik — oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin turibdi», — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Murabbiy Ronalduga dam berish holati yangilik emasligini ham ta'kidladi: avval ham u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim o'yinlarda qatnashmagan.
Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!