Martynovich Haverts bilan kulgili suhbatni eslab berdi

«Kairat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yindan so‘ng londonliklar futbolchisi Kayu Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqot haqida gapirib berdi. Martynovichning aytishicha, Haverts uning yuzini qayerdandir taniyotgandek tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«U mendan: “Negadir yuzing juda tanish”, dedi. Men esa avvalroq “Bayer”ni biroz qiynaganimiz, ularni o‘tganimizni eslatdim. Keyin u “Chelsi”da bo‘lgan paytda ham o‘sha jamoaga qarshi o‘ynaganmiz, shuning uchun bir necha bor to‘qnash kelganmiz”, — dedi Martynovich “Match TV” efiriga tayanib.
Martynovich Havertsning o‘yin futbolkasi uning kolleksiyasida borligini ham qo‘shimcha qildi. Eslatib o‘tamiz, Aleksandr avvalroq Rossiyada ham to‘p surib, “Krasnodar”, “Ural” va “Rubin” safida maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” va “Kairat” yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida uchrashgan edi. Londonda o‘tgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!