date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o‘yinda ham uning ishtiroki ko‘zda tutilmagan.

«Jadval juda tig‘iz. Shu sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bor», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy Ronalduga bunday tanaffuslar yangilik emasligini ham ta’kidladi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarni avval ham bir necha bor o‘tkazib yuborgan.

Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi