Garri Keyn top ligalarda 300 gollik marraga yetdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn Yevropaning besh kuchli chempionatida 300 ta gol urgan futbolchilar safidan joy oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik forvard bu ko'rsatkichga erishgan tarixdagi to'qqizinchi o'yinchiga aylandi. Keynning yubiley — 300-goli Bundesliga doirasida «Verder»ga qarshi o'yinda (3:0) qayd etildi.
Unga qadar 300 va undan ko'p gol urishga Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski, Jimmi Grivz, Gerd Myuller, Stiv Blumer, Diksi Din hamda Zlatan Ibragimovich muvaffaq bo'lgan.
Top chempionatlardagi umumiy gollar bo'yicha yetakchilik hanuz Lionel Messida — 396 ta. Krishtianu Ronaldu undan atigi bitta gol ortda, biroq har ikki yulduz hozir faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirmoqda.
Keyn «Bavariya»ga kelishidan oldin ko'p yillar «Tottenhem» safida to'p surgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!