date

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu o‘yinda ham uning nomi qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, jadval tig‘izligi sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv borligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqaridagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi yangilik emasligini eslatdi. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi