Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni Ar-Riyod klubi OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi bo'yicha tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.
«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim uchrashuv bor», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda ilk bor qatnashmayotgani yo'q.
Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!