Jorje Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda asraydi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u jamoa qaydnomasida bo'lmaydi.
Jezushning so'zlariga ko'ra, tig'iz taqvim sabab Ronalduga va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim o'yin borligini ta'kidladi.
Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini, bunday holatlar avval ham kuzatilganini eslatdi.
Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!