date

Jezush Ronalduning nega tarkibda bo‘lmasligini tushuntirdi

Jezush Ronalduning nega tarkibda bo‘lmasligini tushuntirdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Ronaldu boykotdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvni ham o‘tkazib yuboradi.

«Jadval juda zich. Shu sababli Ronalduga va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bor», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning nega tarkibda bo‘lmasligini tushuntirdi