date

Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safargi uchrashuvda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buni chempionatdagi «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin oldidan ehtiyot chorasi sifatida izohladi.

Al Nassr Zone manbasi keltirgan iqtibosga ko‘ra, Ronaldu uchun bunday dam olish yangilik emas: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o‘tkaziladigan ayrim uchrashuvlarda avval ham maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi