date

Jezush Ronalduga dam berildi, u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Jezush Ronalduga dam berildi, u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan keyin tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin borligini ta’kidladi.

«Ronalduga dam berish yangilik emas. Bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tayotgan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi bo‘yicha ilk holat emas», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba kuni, 14 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berildi, u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi