BennI Makkarti Ronalduni hayrat bilan kuzatmaganini aytdi

Bir necha yil avval Benni Makkarti “Manchester Yunayted”da hujumchilar bo'yicha murabbiy sifatida ishlagan. Sobiq futbolchi ta'kidlashicha, u Krishtianu Ronaldu bilan ishlashdan aslo cho'chimagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Makkartining so'zlariga ko'ra, hatto dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri bo'lgan Ronalduga ham u nimadir o'rgata olgan, chunki tajribasi va yoshi kattaroq. “Nega endi men ‘vau’ deyishim kerak? Faqat u Ronaldu bo'lgani uchun qoyil qolishim shartmi? Yo'q, men u yerga nimanidir berish uchun borganman”, — dedi Makkarti Creamer Media bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2022 yil oxirida “Manchester Yunayted”ni faoliyatida ikkinchi bor tark etdi. Oradan ko'p o'tmay portugaliyalik yulduz hujumchi “Al-Nasr” bilan shartnoma imzoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!