Ronalduni Yevropaning top klublariga taklif qilish boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarni yumshatib, boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduz hujumchi klubini o‘zgartirishi ehtimoli hanuz yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning bir qator top klublari bilan aloqaga chiqib, 41 yoshli portugaliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronalduning «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlariga qaraganda, Krishtianu hanuz Mendesh agentligi mijozlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Ronaldu «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi bo‘yicha 2027 yilning o‘rtalarigacha bog‘langan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!