date

Garrri Keyn XXI asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi

Garrri Keyn XXI asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi

"Bavariya" hujumchisi Garrri Keyn faoliyatidagi 100-penaltisini aniq ijro etdi. Angliyalik futbolchi Germaniya Bundesligasida "Verder"ga qarshi o'yinda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bahsning o'zida 32 yoshli forvard umumiy hisobda faoliyatidagi 500-gol marrasiga ham yetib bordi.

FIFA World Cup Stats ma'lumotiga ko'ra, Keyn XXI asrda penaltidan 100 ta gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko'rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Garrri Keyn 2023 yilda "Tottenhem"dan "Bavariya"ga o'tgan. U professional faoliyatining katta qismini London klubi safida o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garrri Keyn XXI asrda penaltilar bo'yicha uchinchi bo'ldi