date

«Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ni mag‘lub etdi

 «Манчестер Сити» Англия Кубоги финалида «Челси»ни мағлуб этди

Angliya Kubogi finalida «Manchester Siti» «Chelsi»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Qiziqarli va keskin kechgan uchrashuvdagi yagona gol 71-daqiqada A. Semeno tomonidan kiritildi. O‘yin davomida «shaharliklar» to‘p nazorati va hujumlarda ustunlik qildi.

Statistikaga ko‘ra, «Manchester Siti» 56 foiz to‘p nazoratiga ega bo‘lib, 527 ta pas amalga oshirdi. «Chelsi» esa 44 foiz to‘p nazorati bilan 390 ta uzatma berdi. Darvozaga berilgan zarbalar bo‘yicha ham mehmonlar ustun keldi — 10 taga qarshi 5 ta. Aniq zarbalar nisbati esa 4:2 ko‘rinishida bo‘ldi.

«Chelsi» bir nechta xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, ulardan foydalana olmadi. «Manchester Siti» esa ikkinchi bo‘limda bosimni kuchaytirib, minimal hisobni saqlab qoldi va Angliya Kubogi g‘olibiga aylandi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ni mag‘lub etdi