Ronaldu Yevropaning top klublariga yana taklif qilinmoqda

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduz futbolchi klubini o‘zgartirishi ehtimoli hanuz yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning bir qator top klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli portugaliyalikni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAV Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida qayd etilgan.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!