Jezush Ronalduga dam berildi, u navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi bo'yicha tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmadi.
Jezushning aytishicha, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buning asosiy sababi sifatida oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin borligini ta'kidladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ham qo'shgan: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan o'yinlarda ilk bor ishtirok etmayotgani yo'q.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!