date

Jorje Jezush Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam berdi

Jorje Jezush Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam berdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so‘ng tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu galgi o‘yinda ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim uchrashuv borligini alohida urg‘uladi.

"Al Nassr Zone" keltirgan iqtibosda aytilishicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarni o‘tkazib yuborayotgan birinchi holati emas.

Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jorje Jezush Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam berdi