Rayo muxlislari Vallecas stadionini tark etishni istamayapti

So‘nggi oylar «Rayo Valyekano» uchun stadion masalasi eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Klub rahbariyati arenani zudlik bilan ta’mirlash zarurati bilan yuzlashdi: «Valyekas» endi Ispaniya La Ligasi qo‘yadigan eng kam talablarni ham to‘liq bajarmay qoldi. Shu sabab «Rayo»ning bir nechta uy uchrashuvlari boshqa joyga ko‘chirilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan jihat — muxlislar bosimi. Ular rahbariyatdan imkon qadar tezroq jamoani o‘z uyiga qaytarishni talab qilmoqda. Ko‘pchilik «Rayo» hozir o‘yin o‘tkazayotgan «Butarke» stadioniga vaqtinchalik ko‘chish keyinchalik «Valyekas»dan butunlay voz kechishga olib kelishidan xavotirda: bu arena Ispaniya chempionatidagi eng kamtarona va o‘ziga xos stadionlardan biri sifatida qadrlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!