Antonio Ryudiger yozda Yuventus safini kuchaytirishi mumkin

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini yana A Seriyada davom ettirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Calciomercato xabariga ko‘ra, nemis futbolchisini «Yuventus» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Turin klubi Ryudigerni yozda erkin agentga aylangach, ya’ni «Real» bilan shartnomasi yakunlangandan keyin transfer qilishni rejalashtirmoqda. Ryudiger avvalroq Italiyada «Roma» safida ham o‘ynagan.
Antonio Ryudiger 2022 yilda «Chelsi»dan «Real»ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 11 o‘yinda maydonga tushdi, biroq hozircha gol yoki assist bilan ajralib turgani yo‘q. Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing